Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada 11 nafar maktab o‘quvchisi daryoga cho‘kib ketdi
Mahalliy maktablardan birining 150 nafarga yaqin o‘quvchisi ishtirokida daryo bo‘yida tadbir o‘tkazilayotgan vaqtda ehtiyotsizlik natijasida 21 nafar o‘quvchi daryoga tushib ketgan.
Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida 11 nafar maktab o‘quvchisi daryoga cho‘kib ketdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Qidiruv-qutqaruv xizmati vakili Seni Vulandarining ma'lumot berishicha, mahalliy maktablardan birining 150 nafarga yaqin o‘quvchisi ishtirokida daryo bo‘yida tadbir o‘tkazilgan. Ehtiyotsizlik natijasida 21 nafar o‘quvchi daryoga tushib ketgan.
Keyinroq qutqaruvchilar 11 nafar bolaning jasadini topishgan. Qolgan bolalar qutqarib olingan, ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Vulandarining so‘zlariga ko‘ra, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
11:24 / 13.07.2026
Bo‘stonliqda Chirchiq daryosi o‘rtasida qolgan fuqaro qutqarildi
10:20 / 04.07.2026
Mug‘lada suvga tushgan 21 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
20:53 / 20.06.2026