Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda voyaga yetmagan o‘smir mashina boshqarib yo‘l-transport hodisasini sodir etdi
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Jizzax shahrida voyaga yetmagan o‘smir mashina boshqarib yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 17 oktabr kuni soat 00:25 larda Jizzax shahrida voyaga yetmagan o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Shahardagi 26-maktabning 10-sinfida o‘qiydigan o‘smir Nexia-2 mashinasini boshqarib borayotib o‘ziga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotib kelayotgan Lacetti mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda o‘smir og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan o‘smir ta'lim oladigan 26-maktabda yo‘l-harakati hodisalarining oldini olish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilar ishtirokida muhokama o‘tkazilgan. Ota-onalarga farzandlariga e'tiborli bo‘lish uqtirilgan.
Mavzuga oid
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
15:39 / 26.04.2026