2021 yil 10 oktabr kuni soat 11:20larda Zomin tumani hududidan ötuvçi Jizzax-Ravot-Zomin-Sovot yölining 27-kilometrida Sirdaryo viloyati Xovos tumani «Oqçangal» MFYda yaşovçi fuqaro «Lacetti» rusumli avtomobilni Jizzax yönalişida boşqarib borayotib, yölning belgilanmagan qismidan kesib ötayotgan “Peşağor” MFYda istiqomat qilgan 7 yoşli bolani urib yuborgan. Oqibatda bola tuman tibbiyot birlaşmasida körsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.

Şuningdek, 2021 yil 10 oktabr kuni soat 19:00larda Mirzaçöl tumani «Toşkent» QFY hududidagi içki köçada yöl-transport hodisasi sodir böldi. «Lacetti» haydovçisi rul boşqaruvini yöqotişi oqibatida yöldan çiqib ketib, daraxtga urilgan. Oqibatda avtomobilda yölovçi sifatida ketayotgan ayol tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlaşmasida körsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq, Jizzaxda «Cobalt»ning avtobus bilan töqnaşişi oqibatida ikki kişi vafot etgani va ikkita yuk maşinasi iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasida qaşqadaryolik haydovçi vafot etgani xabar qilingan edi.