Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Lasetti» va yo‘lovchi avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Joriy yilning 18 oktabr kuni soat 06:30larda Toshkent shahrida "4-Avtobus saroyi" haydovchisi K.F "Mersedes-Bens " rusumli avtobusni 122-yo‘nalishda Choshtepa ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtida, qayrilib olish jarayonida "Lasetti" rusumli yengil avtomobil avtobusning orqa qismiga kelib urilgan.
"Toshshahartransxizmat" axborot xizmati xabariga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida "Lasetti" rusumli yengil avtomobil haydovchisi tan jarohati olgan hamda shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, "Lasetti" rusumli yengil avtomobil haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. Shu sababli u boshqaruvni yo‘qotib avtobusga urilgani aytiladi.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi o‘rnatilgan tartibda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Shu bilan birga, "Toshshahartransxizmat" AJ mutasaddi xodimlari tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:41
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
13:59 / 07.05.2026