Jahon | 21:05 / 19.10.2021
4739
1 daqiqa o‘qiladi

Skoda Chexiyadagi ikkita zavodi faoliyatini to‘xtatdi

Bunga yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi sabab bo‘ldi. Muammo ikki hafta ichida hal bo‘lmasa, zavodlar yil oxirigacha ishlamaydi.

Foto: Getty Images

Skoda kompaniyasi Chexiyadagi ikkita yig‘uv korxonasi faoliyatini to‘xtatdi. Agarda kompaniya yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi muammosini ikki hafta ichida hal qila olmasa, zavodlar 2021 yil oxirigacha ishlamaydi, deb xabar berdi Reuters.

Qayd etilishicha, Mlada-Boleslav va Vrxlabi shaharlaridagi zavodlar ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Faqat Kvasinadagi zavodda bitta konveyer ishlab turibdi. Zavod omborlarida 10 mingga yaqin to‘la yig‘ilmagan avtomobillar to‘planib qolgan. Skoda ularni yetishmayotgan modullar bilan jihozlash va dilerlarga yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Germaniyadagi Opel zavodlaridan biri chiplar yetishmovchiligi tufayli faoliyatini 2022 yilgacha to‘xtatishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid