Belarusga Skoda auto, Liqui Moly va Beiersdorf mahsulotlarini olib kirish taqiqlandi
Ta'kidlanishicha, ushbu qaror «Belarus xalqiga nisbatan nodo‘stona harakatlar hisobga olingan holda milliy manfaatlarni himoya qilish maqsadida» qabul qilingan.
Belarus hukumati sanksiya choralarini joriy etdi va mamlakat hududiga Skoda auto, Liqui Moly va Beiersdorf savdo markalari mahsulotlari olib kirilishini taqiqladi.
Olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatiga Liqui Moly, Skoda auto va Beiersdorf (Nivea, Eucerin, La Prairie, Labello, Hansaplast, Florena, «8X4», Skin Stories, Gammon, Tesa, Chaul, Coppertone, Hidrofugal, Stop The Water While Using Me! savdo markalari) guruhlari mahsulotlari kiritildi, deyiladi mamlakat hukumati matbuot xizmati xabarida.
Ta'kidlanishicha, ushbu qaror «Belarus xalqiga nisbatan nodo‘stona harakatlar hisobga olingan holda milliy manfaatlarni himoya qilish maqsadida» qabul qilingan.
Taqiq hujjat e'lon qilinganidan 10 kun o‘tib kuchga kiradi va 6 oy davomida amal qiladi.
Hujjatga ko‘ra, Belarus hududiga taqiqlangan mahsulotlar olib kirilgani aniqlangan holatda bu mahsulotlar ortga qaytarib yuboriladi.
Taqiq shaxsiy foydalanish uchun olib kirilgan mahsulotlar hamda YeOIIga a'zo davlatlarda ro‘yxatga olingan yoki YeOII hududiga vaqtincha kirib kelgan transport vositalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Mavzuga oid
21:15 / 22.12.2024
Albaniyada 14 yoshli o‘smirning o‘limi sabab TikTokʼdan foydalanish taqiqlanadi
13:52 / 02.10.2024
Skoda o‘zining birinchi ixcham elektrokrossoveri - Elroq’ni taqdim etdi
22:34 / 13.08.2024
Germaniyada qurol qonunchiligini kuchaytirish taklif qilinmoqda
09:55 / 19.07.2024