20 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi bölib ötdi. Unda Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi örinbosari Dilorom Toşmuhamedova bolalar uyi bitiruvçilari uçun joriy etilgan imkoniyatlar töliq yölga qöyilmayotgani haqida gapirdi.

Senatorning aytişiça, mehribonlik uylarida tarbiya topgan va bugungi kunda davlat tomonidan berilgan yotoqxonalarda yaşayotgan 610 nafar yetim bolaning aksariyati nihoyatda ayançli holatda yaşaşmoqda. Şunday bolalardan 35 nafari haqida Xalq ta'limi vazirligi ma'lum qilgan.

“Oxirgi yillarda 30 yoşgaça bölgan mehribonlik uylari bitiruvçilari 3700dan ortiqni taşkil qiladi. Biri işlayapti, biri işsiz. Bular orasida farzandli bölib, bolalarini mehribonlik uylariga topşirgan holatlar uçrayapti. Yana yetimlar paydo bölyapti. Bunday bolalarga 25 yoşgaça e'tibor qaratiş kerak deb öylayman”, dedi senator.

Dilorom Toşmuhamedova olib borilayotgan işlarda yöl qöyilayotgan sustkaşliklarga ham töxtaldi.

“Moliya vazirligi tomonidan yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun ularning kollej, litsey yoki OTMda öqiyotgan davrida har öquv yilida bir marta öquv ilmiy-badiiy adabiyotlar, kitoblar bilan ta'minlanişi uçun davlat budjeti mablağlari hisobidan BHMning 5 barobari miqdorida ajratilişi kerak bölgan subsidiyalar ajratilmagan.

Şuningdek, davlat oliy ta'lim muassasalarida öqişni davom ettirayotgan yetim bolalar uçun 2021 yilning 1 sentyabridan boşlab berilişi lozim bölgan stipendiya tölovlarini 50 foizga oşirilgan holda tölaş vazifasi bajarilmagan. Ularga dars beruvçi professor-öqituvçilarga ham tölanişi lozim bölgan moddiy rağbatlantiriş joriy etilmagan. Bu böyiça hukumat qarori işlab çiqilmagan”, – deya qayd etdi u.

Ta'kidlanişiça, mehribonlik uylaridagi bolalarning 15-17 foizi çin yetimlar, köp qismi ota-onasidan biri bor yoki ijtimoiy yetimlar hisoblanadi. Ularning 38 foizi – ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlarning farzandlari. Senator şunday bolalarni ham örganişlar asosida öz ota-onasiga qaytariş masalasini körib çiqiş lozimligini aytdi.