Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi tomonidan yetim bolalar va ota-onasi yoki boşqa qonuniy vakillari qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlaş masalasini kompleks örganiş böyiça işçi guruh yiğilişi ötkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda davlat rahbarining parlamentga yöllagan murojaatnomasida joriy yilda ehtiyojmand oilalar farzandlari, şu jumladan, çin yetim, nogironligi bölgan va davolanişga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat körsatiş böyiça yangi tizim joriy etilişi, bunda joriy yilda birinçi marta 900 nafar çin yetim yoşni uy-joy bilan ta'minlaş uçun 50 mlrd söm mablağ ajratilayotgani ta'kidlab ötildi.
Tadbirda söz olgan Bola huquqlari böyiça vakil Aliya Yunusova 2020 yilda uning boşçiligida olib borilgan monitoring taşriflari hamda bola huquqlari böyiça yuborilgan murojaatlar tahlili “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvçilarining turar joy bilan ta'minlanişi borasida kamçiliklar borligini körsatganini bildirdi.

Olingan ma'lumotlarga köra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvçilarining 610 nafari turar joy bilan ta'minlangan, 578 nafari esa bugungi kunda ham turar joyga muhtoj bölib turibdi.
Bundan taşqari, 2020 yil davomida yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar hamda “Mehribonlik” uylari bitiruvçilari tomonidan Bola huquqlari böyiça vakil nomiga turar joy berilmagani yoki berilgan turar joy uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi borasida 20ga yaqin murojaat kelib tuşgan.
Qonun hujjatlarida belgilangan normalarga asosan berilayotgan turar joy böş, alohida, qulay va şinam bölişi, belgilangan sanitariya va texnik me'yorlarga, qonun hujjatlari boşqa talablariga javob berişi lozimligi belgilangan, biroq köp holatlarda uşbu norma talablari buzilişi kuzatilmoqda.
Qayd etilişiça, har bir kelib tuşgan murojaat yuzasidan muallif istiqomat qiluvçi tuman (şahar) hokimi bilan ötkazilgan suhbatda turar joy bilan ta'minlaş uçun mablağlar yöqligi (yetişmasligi) vaj qilib keltirmoqda. Moliya vazirining 2010 yil 11 oktyabrdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga turar joy sotib oliş uçun maqsadli transfertlar, şu jumladan, budjet mablağlarini beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi 86-son buyruğida uşbu masala öz yeçimini topgan.


















