Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati aholisining mehnatga layoqatli qatlami 2 million nafardan oshgani ma'lum qilindi
Samarqand viloyati aholisining mehnatga layoqatli qatlami 2 million nafardan oshgan. Bu haqda viloyat bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyati statistika boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, viloyat aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 56,5 foizini, ya'ni 2 million 266 ming 744 kishidan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Samarqand doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:
- mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar — 32,8 foiz (1 mln kishidan ko‘p);
- mehnatga layoqatli yoshdagilar — 56,5 foiz (2 mln kishidan ortiq);
- mehnatga layoqatli yoshdan kattalar — 10,7 foiz (qariyb 400 kishidan ortiq).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi hududlar orasida aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egallaydi. 2021 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, viloyatda doimiy aholi soni 4 008 843 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026