Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airports xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflarni pasaytiradi
Uzbekistan Airpors xorijiy aviakompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan muntazam qatnovlarga yerusti xizmat ko‘rsatish tariflari va yig‘imlarini 15 foizga pasaytiradi.
Uzbekistan Airports AJ xorijiy aviakompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan muntazam qatnovlarga yerusti xizmat ko‘rsatish tariflari va yig‘imlarining yangi ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘rtacha tariflarning pasayishi 15 foizga teng bo‘ladi. Narxlar va to‘lovlarning yangilangan ro‘yxati 31 oktyabrdan, IATA 2021/2022 qish mavsumining boshidan boshlab kiritiladi. Xususan, quyidagi xizmatlar uchun stavkalar va to‘lovlar pasaytirildi:
- samolyotning qo‘nish va chiqish yo‘lagini ta'minlash;
- yo‘lovchilarning aviatsiya xavfsizligini ta'minlash;
- samolyotning aviatsiya xavfsizligini ta'minlash;
- aerovokzaldan foydalanish;
- yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish;
- CUTE platformasiga kirish.
«Aviakompaniyalar uchun tariflarning pasayishi amalga oshirilayotgan reyslar narxini pasaytirish va yo‘lovchilar uchun aviachiptalar narxi arzonlashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Yana bir muhim qadam shundaki, biz vositachilarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviakompaniyalar bilan shartnomalar ustida ishlayapmiz. Ya'ni aeroport to‘g‘ridan to‘g‘ri aviakompaniya bilan shartnoma tuzadi va aviakompaniya faqat kerakli xizmatlarni sotib oladi», — dedi Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi Ra'no Jo‘rayeva.
Uzbekistan Airports AJ joriy yil davomida ikkinchi marta aviatashuvchilar uchun tariflarni pasaytirmoqda. Avvalroq, O‘zbekiston aeroportlariga muntazam yo‘lovchi reyslarini bajaradigan xorijiy aviakompaniyalar uchun qo‘llanadigan asosiy yig‘im va tariflar o‘rtacha 27 foizga kamaytirilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 03.02.2026
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
09:58 / 21.01.2026
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar soni 15 milliondan oshdi
12:23 / 31.10.2025
“O‘zbekiston temiryo‘llari” va Uzbekistan Airways xizmatlari tannarxi kamida 20 foizga pasaytiriladi – transport vaziri
16:02 / 06.10.2025