Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask BMT uning savoliga javob bera olsa dunyodagi ochlik muammosini hal etish uchun 6 mlrd dollar berishga tayyorligini aytdi
27 oktyabr kuni WFP ijrochi direktori Devid Bisli milliarderlar Ilon Mask va Jyeff Bezosni «olg‘a qadam tashlashga» - 6 mlrd dollar xayriya qilishga chaqirgandi.
Foto: TASS / Patrick Pleul / dpa / picture-alliance / MR
Dunyoning eng boy odami, amerikalik milliarder Ilon Mask 6 mlrd dollar mablag‘ dunyodagi ochlik muammosini hal qila olishiga shubha bildirdi. U BMTning jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) vakillari bu qanday amalga oshishini tushuntirib berishsa, Tesla aksiyalarini sotib o‘sha pulni xayriya qilishga tayyorligini bildirdi.
«Agar WFP qanday qilib 6 mlrd dollar dunyodagi ochlik muammosini hal qilishini tushuntirib bersa, men hoziroq Tesla aksiyalarini sotaman», — deb yozdi Mask tvitterida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, izohda moliyalashtirish va mablag‘larni sarflash bo‘yicha ochiq ma'lumotlar bo‘lishi lozim.
27 oktyabr kuni WFP ijrochi direktori Devid Bisli CNN efirida milliarderlar Ilon Mask va Jyeff Bezosni «olg‘a qadam tashlashga» — 6 mlrd dollar xayriya qilishga chaqirgandi.
Bislining so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ 42 mln kishining hayotini saqlab qolishi mumkin.
Ilon Mask o‘tgan haftada dunyoning eng boy odamiga aylandi. 25 oktyabr kuni uning boyligi miqdori 271,3 mlrd dollarga yetdi.
Mavzuga oid
21:57 / 16.02.2026
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
18:57 / 09.02.2026
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
18:16 / 05.02.2026
Tojikiston aholisi uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
22:14 / 04.02.2026