2021 yilning 9 oyida kamida 1682 kişi avtohalokat natijasida halok böldi. Bu – dunyoning turli nuqtalarida davom etayotgan uruşlardagi qurbonlardan-da köproq.

Ehtimoliy qurolli agressordan himoyalaniş uçun milliardlab mablağ sarflaymiz, köplab umrlarga zomin bölayotgan xavfli yöllarimizga kerakliça e’tibor beryapmizmi?

Dunyoda

Avvalo dunyodagi vaziyat haqida biroz. Bir yilda dunyoda örtaça 1,35 mln kişi yöl-transport hodisalarida halok böladi, 20-50 mln kişi esa turli jarohatlar oladi. Masalan, 2021 yilning özida ayni vaqtga qadar 1 045 513 kişi halok bölgan. Dunyoda har 23 sekundda 1 inson yöl-transport hodisalarida halok böladi. Va bunday körsatkiçlar ortib boryapti.

Şu topda bir narsa e’tiborni tortadi – kam daromadli va örtaça daromadli mamlakatlarda ölimlar köp, garçi avtomobil soni kam bölsa-da. Ya’ni avtomobillar soni rivojlangan mamlakatlarda köproq bölişiga qaramay, past va örtaça daromadli mamlakatlarda ölimlar soni ança köproq. Bu qurbonlarning yarmi piyodalar, velosipedçilar va mototsiklçilarga töğri keladi. Piyoda qurbonlarning köpçiligi – yoş bolalar.

Mazkur maqolani öqişni boşlaganingizdan buyon YTH sabab kamida bir kişi halok böldi.

Özbekistonda

Özbekistonda JSTning yöl xavfsizligi böyiça asosiy standartlaridan ayrimlari haligaça joriy etilmagan. Masalan, şahar joylarda avtomobil tezligi 50 km/soatdan oşirmasdan harakatlaniş haqidagi me’yor kiritilmagan. Haligaça aholi punktlarida maksimal tezlik me’yori 70 km/soat.

Yöl muhandisligida bizda piyodalar deyarli inobatga olinmaydi, muvozanat jiddiy buzilgan. Poytaxtda, yetarli bölmasa-da, trotuarlar bor, viloyat va qişloqlarda ahvol qayğuli.

Yöl xavfsizligi bilan boğliq salbiy holat iqtisodiy (xavfli mamlakatda yaşaş va biznes qilişga istak sust böladi), ijtimoiy (yöqotiladigan inson kapitali) sohalarga ta’sir etadi va yiğilib kelib mamlakatning siyosiy imijiga putur yetkazadi. Biroq avvalo bu oilalarning boşiga tuşadigan fojialardir.