Şu oy boşida farzandi avtohalokatda vafot etgan ota özi «zebra» çiziğini yangilab, piyodalar ötiş joyi belgisini örnatgani haqidagi xabarni öqib, nahotki bolalarga va umuman olganda, aholining şahar böylab harakatlaniş xavfsizligiga bölgan e'tibor va munosabat şunday davom etsa, degan savol tuğildi.
Nega boşqa davlatlarda bu xavfsizlikka juda jiddiy qaralib, şaharsozlik hamda davlat yoki mahalliy boşqaruvga jipslaşuv va ilmiy qaraş bilan yondaşiladi, degan fikrlar ham xayolimda aylana boşladi. Garçi şaharsozlik va muhandislik sohasiga yaqin aloqam bölmasa ham, boşqa mamlakatlarda kuzatilgan davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bizning jamiyat uçun örnak bölişi mumkin, degan maqsadda uşbu maqolani yozişga qaror qildim.
Qonuniy asoslarni mustahkamlaş
BMTning 1989 yildagi Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyasida har bir bola öz farovonligi uçun zarur himoya va ğamxörlikka ega bölişi lozimligi ta'kidlangan. Bundan taşqari, xalqaro hujjatda «har bir bola yaşaş uçun ajralmas huquqa ega» va «tomonlar bolalarni parvariş yoki himoya qiliş uçun mas'ul bölgan muassasalar, xizmatlar va taşkilotlarning vakolatli organlari belgilab bergan standartlarga böysunişni, xususan, xavfsizlik sohasida muvofiq bölişni ta'minlaydilar» deb körsatilgan.
Bu muhim tamoyilni ta'minlaşning eng asosiy yöllaridan biri esa, dunyodagi bolalarning yöllarda halok bölişlarini bartaraf etişdir. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2016 yil uçun ma'lumotlariga köra, har yili dunyo böylab avtohalokat tufayli 1,35 million bola vafot etadi. 5–29 yoşdagi yoşlarning ölim sabablarining eng asosiysi YTHda olingan tan jarohati va avtohalokat bölib qolmoqda.
Lekin ma'lum bir mamlakatlar bu sohada köpgina islohotlar ötkazib, bolalarning avtohalokatdagi ölimi holatlarini sezilarli kamaytirişga erişişgan. Özim faoliyat yuritayotgan Koreya Respublikasining muvaffaqiyatini misol qilib keltirişni maqsadga muvofiq, deb bildim, çunki mazkur davlat bolalarning avtohalokatdagi ölimi holatlarini 1988–2012 yillar mobaynida 95 foizga tuşirişga muvaffaq bölgan.

Manba: Koreya Transport instituti

















