TikTok egasi bo‘lgan kompaniya rahbari iste'foga chiqdi
Xitoyning eng boy tadbirkorlaridan birining iste'fosi ByteDance tarkibida oltita bo‘linma tashkil etilishi bilan bog‘liq.
TikTok servisiga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi asoschisi va rahbari Chjan Imin kompaniya bosh direktori lavozimidan ketdi, deb xabar berdi Reuters.
Xitoyning eng boy tadbirkorlaridan birining iste'fosi ByteDance tarkibida oltita bo‘linma tashkil etilishi bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, birinchi bo‘linma TikTok, ikkinchi bo‘linma uning xitoycha versiyasi bo‘lgan Douyin ilovalari bo‘ladi. Qolgan bo‘linmalar esa Lark korporativ platformasi, BytePlus biznes xizmatlar servisi, Nuverse o‘yin biznesi va Dali Education ta'lim texnologiyalari platformasidan tashkil topadi.
Chjan Imin shu yil may oyida uning o‘rnini kompaniya hammuassisi Lyan Juybo egallashini aytgandi.
Dasturchi Chjan Imin ByteDance kompaniyasini 2012 yilda tashkil etgan, 38 yoshli tadbirkorning boyligi 50 milliard dollardan ortiq.
Mavzuga oid
21:15 / 22.12.2024
Albaniyada 14 yoshli o‘smirning o‘limi sabab TikTokʼdan foydalanish taqiqlanadi
20:34 / 17.12.2024
TikTok ustidan tergov boshlandi, u Ruminiyadagi saylovga aralashgan bo‘lishi mumkin
22:52 / 14.12.2024
TikTok AQShda yana bir sudda yutqazdi - platforma tez orada taqiqlanishi mumkin
18:48 / 07.12.2024