Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa yana koronavirus epimarkaziga aylanishi mumkin – JSST
2022 yilning fevraliga borib Yevropada yana yarim million odam koronavirus qurboni bo‘lishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) butun qit'ada kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani sababli Yevropa yana bir bor pandemiya markaziga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Tashkilotning qit'a bo‘yicha rahbari Xans Klyuge matbuot anjumanida Yevropada fevralga borib yana yarim million odam koronavirus qurboni bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi. Kasallanish holatlari ortishini emlash jarayonlarining rejadagiday ketmayotgani bilan izohlangan.
U koronavirus bo‘yicha uslubni o‘zgartirish lozimligini, odamlarga tibbiy yordam ko‘rsatishdan tortib to ularni kasallikdan himoyalashgacha bosqichlarni qayta ko‘rib chiqishga undadi.
So‘nggi oylarda butun Yevropada vaksinatsiya tezligi sekinlashgan. Ispaniyada aholining 80 foizga yaqini to‘liq emlangan bo‘lsa, Fransiya va Germaniyada bu ko‘rsatkich kamroq - mos ravishda 66 va 68 foiz. Ba'zi markaziy va sharqiy Yevropa mamlakatlarida bu jarayon keskin tarzda sekinlashgan.
Shuningdek Klyuge o‘lim holatining ortishi bevosita karantin qoidalarining yumshatilgani bilan bog‘liq ekanini aytib o‘tdi. Ayni paytgacha JSST mintaqa bo‘ylab 1,4 million o‘lim holatini qayd etgan.
Hozir Rossiya va Ukraina davlatlarida koronavirus tarqalishi avjida, ularda vaksinatsiya ham sekin boryapti. 2021 yil oktabr holatiga ko‘ra, rossiyaliklarning atigi 32 foizi to‘liq emlangan.
Mavzuga oid
10:26 / 17.07.2026
AFP: Iyundagi jazirama Yevropada 12 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
09:00 / 13.07.2026
Yevropada issiqlik to‘lqini qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
08:40 / 09.07.2026