Sport | 11:33 / 06.11.2021
5762
2 daqiqa o‘qiladi

7 noyabr kuni Samarqandda uchinchi marta xayriya yarimmarafoni musobaqasi tashkillashtiriladi

Samarkand Half Marathon - Madaniyat va san'at jamg‘armasi tomonidan Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida tashkil qilinuvchi, har yili o‘tkaziluvchi xayriya poygasidir.

Foto: Kun.uz

Poygada nafaqat O‘zbekiston, MDH va jahon davlatlaridan professional va havaskor sportchilar, sog‘lom hayot tarzi kechirayotgan oddiy fuqarolar ham ishtirok etishi mumkin.

7 noyabr kuni soat 8:50 da Islom Karimov nomidagi maydonda musobaqalarning rasmiy ochilishi bo‘ladi va 9:00 da 10 km masofaga yugurishga start beriladi. 9:05 da yarim marafon masofasi — 21,1 kmga yugurish boshlanadi.

Tushgacha bu ikki masofada mutlaq g‘olib va sovrindorlar taqdirlanadi.

Soat 12:15 da havaskorlar bolalar va o‘smirlar uchun 2 km masofaga yugurish uchun start beriladi. 12:45 da esa skandinaviyacha «Shimoliy yurish» musobaqasiga start beriladi.

Shundan so‘ng 21,1 km masofaga yugurgan sportchilarni toifalar bo‘yicha taqdirlash, 2 km masofaga yugurish hamda «Shimoliy yurish» musobaqalarining mutlaq g‘oliblari va sovrindorlariga medal topshirish marosimi o‘tkaziladi.

Foto: Kun.uz

Samarkand Half Marathon’ni o‘tkazishdan tushgan barcha mablag‘lar O‘zbekistondagi autizmdan aziyat chekuvchi bolalar internatlaridan birida badiiy studiya ochishga yo‘naltiriladi, xohlovchilar uchun esa ma'ruza va seminarlar ham o‘tkazish rejalashtirilgan. 

O‘tgan yili xayriya poygasiga 1 noyabr kuni start berilgan edi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid