Samarqandda ikkinçi marta an'anaviy «Samarkand Half Marathon» yarimmarafoni ötkazildi. Tantanali ruhda ötkazilgan musobaqada amalda eng tajribali sportçi sifatida qatnaşgan olimpiada öyinlari iştirokçisi Andrey Petrov ğolib böldi.

Marafonning oçiliş marosimida Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov barça iştirokçilarni tabriklab, nutq sözladi. Oxirgi vaqtlarda Samarqandda bayramona tadbirlar köp bölmoqda va şu sabab taşkilotçilik yuqori darajada böldi. Axir Samarqand turistik tadbirlar ötkazişda tobora tajribali bölib bormoqda.

Birgina 18 oktyabrdagi Samarqand kunida köplab turistik obektlar oçildi va öşanda ham xuddi yarimmarafonda bölgani kabi taşkilotçilik işlari Turizm qömitasi vakillari bilan hamkorlikda amalga oşirilgandi. Pandemiya qaçondir tugaydi va hayot öz iziga qayta boşlaganda bunday işlar öz samarasini berib, Samarqandga sayyohlar oqimi yanada oşadi. Şu örinda ta'kidlaş kerak, pandemiyagaça Samarqand sayyohlar taşrifi böyiça yangidan-yangi rekordlarni yangilab kelayotgandi. Biroq koronavirus tölqini iqtisodiy tarmoqlardan, eng avvalo, turizmga jiddiy ta'sir körsatdi. Biroq keyinçalik ham sayyohlar Samarqand iqtisodiyotida katta örin tutişini inobatga olsak, pandemiya vaqtida ham turistik salohiyatga e'tibor berilayotgani, şubhasiz, öz samarasini beradi.
«Toğda şuğullangandik, samarasini berdi...»

Yuqorida aytganimizdek, Samarqand yarimmarafonida 1986 yilda tuğilgan toşkentlik Andrey Petrov ğolib böldi. Olimpiada öyinlari iştirokçisi bölgan taniqli sportçi uç karra Osiyo çempionatlari sovrindori bölgan. Petrov biz bilan suhbatda ğalabani qölga kiritiş oson bölmaganini aytdi va Dukentdagi tayyorgarlik öz samarasini berganini ta'kidladi. Toşkent viloyatidagi Dukent daryoböyi hududi toğli joy hisoblanadi. Samarqand marafonida ham tepalik, pastliklar köp va bunday holatlarda toğli hududdagi maşqlar asqotadi.

Andreydan yuguriş bilan şuğullaniş qançalik foydali ekanini söraganimizda, u töğrisini aytdi: «Professional yuguriş bilan şuğullaniş odamning tanasiga qiyinçilik tuğdiradi. Şu sabab eng yaxşisi – havaskor yuguriş. Şunçaki yuguring va salomat böling».

Marafon ğolibi finişda özini juda xotirjam tutganini izohlar ekan, ğoliblikni nişonlaş raqiblariga ta'sir qilmasligi kerakligini aytdi: «Axir ular mening döstlarim, biz birga şuğullanamiz. Raqibni har qanday holatda hurmat qiliş kerak, ğalabada ham, mağlubiyatda ham», deydi Andrey Petrov.
«Nonuşta yoqmadi şekilli, 5-kilometrda biroz yutqazdim».

Marafon yakunlangaç, Samarqand yarimmarafonining ötgan yilgi ğolibi Şohruh Davlatov bilan ham suhbatlaşdik. Surxondaryo yengil atletika maktabi vakili ğolib bölolmaganiga qaramay, öz natijasini yaxşilaganidan mamnunligini ta'kidladi. Şohruhdan ikkinçi örinda qolganiga nima ta'sir qilgani haqida söraganimizda, u sportça til bilan tuşuntirdi: «Marafonça yugurişda faqat yugurişning özi kamlik qiladi. Bunda avvalo çidam kerak, taktikani ham işlata oliş lozim. Menda hammasi yaxşi ketayotgandi, lekin 5-kilometrda oşqozonimda biroz noqulaylik sezdim va 200 metrça boy berdim. Balki nonuşta yoqmagandir. Umuman olganda, xursandman, çunki natijamni yaxşiladim.

Andrey aka oramizdagi eng tajribali sportçi. U kişiga uzoq vaqt raqobatçi yöq edi va oxirgi yillarda men yaxşigina raqobat qilyapman. Ötgan yil Samarqand marafonida ğolib bölganman, yaqinda ham Andrey akani 10 kilometrdagi musobaqada yengdim. Bugun esa u kuçlilik qildi. Raqibimni tabriklayman», dedi Şohruh Davlatov.
Eng yoş sovrindor

Qizlar örtasidagi musobaqada 2002 yilda tuğilgan farğonalik Sitora Qurbonova ham sovrindor böldi. U 4-örinni oldi va aytişiça, şaxsiy natijasini naq 7 daqiqaga yaxşilagan. Şu tariqa Sitora Samarqand yarimmarafonining eng yoş sovrindoriga aylandi.











