Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serra-Leoneda benzin tashuvchi mashina portlashi oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi
Portlash odamlar to‘qnashuvga uchragan mashinadan tekin yonilg‘i olish uchun uning atrofiga to‘plangan vaqtda sodir bo‘lgan.
Afrika g‘arbidagi Serra-Leone davlatida benzin tashuvchi mashina yuk mashinasi bilan to‘qnashib portlab ketdi. Portlash oqibatida yuzdan ortiq odam halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi poytaxt Fritaun shahri meri Ivonn Aki-Saverr.
“Gap-so‘zlarga qaraganda, 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Moddiy zarar miqdori ma'lum emas”, – dedi u.
Mahalliy OAVning ma'lumot berishicha, qurbonlar soni bir necha yuz kishini tashkil etishi mumkin. Gap shundaki, portlash odamlar to‘qnashuvga uchragan mashinadan tekin yonilg‘i olish uchun uning atrofiga to‘plangan vaqtda sodir bo‘lgan.
Ko‘plab odamlar jarohatlangan. O‘nlab binolarga shikast yetgan.
Mavzuga oid
18:42 / 14.07.2026
O‘zbekistonda benzin narxi Markaziy Osiyoda eng yuqori ekani ma’lum bo‘ldi
08:58 / 09.07.2026
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026