Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda profilaktika inspektori va haydovchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tortishuv bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Zarmitan shaharchasida haydovchi va uni to‘xtatgan profilaktika inspektori bahslashib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 11 noyabr kuni soat 23:30 larda Qo‘shrabot tumani IIB profilaktika inspektorlari tuman IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan taqsimotga asosan, tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida, “Zarmitan-Boytup” yo‘lida kelayotgan Cobalt mashinasini to‘xtatgan.
Inspektorlar mashina egasiga o‘zlarini tanishtirib, tuman hududida sodir bo‘lgan o‘g‘irlik jinoyati yuzasidan transport vositalarini tekshirib ko‘rayotganliklarini tushuntirib, fuqarodan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini so‘rashgan. Shunda fuqaro B.A. profilaktika inspektorlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishga majbur emasligini aytib, ularning qonuniy talablarini bajarmagan.
Fuqaroga tuman IIBga borish taklif qilinganda xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, hech qayerga bormasligini aytgan. Shundan so‘ng, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Mavzuga oid
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
10:50 / 12.06.2026