Samarqandda bir-biriga hujjat ko‘rsatmagan haydovchi va YPX xodimining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi

Samarqand viloyatida joylashgan YPX maskanida haydovchi YPX inspektoriga hujjatlarni taqdim etmagan. O‘z navbatida YPX inspektori ham haydovchiga xizmat guvohnomasini ko‘rsatmagan. O‘rtada tortishuv bo‘lib o‘tgan. Ularning xatti-harakatiga huquqiy baho beriladi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bundan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro tortishayotgan va bir-biriga hujjat ko‘rsatmayotgan YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi tortishuv tasvirlangan video tarqaldi. Aniqlanishicha, mazkur hodisa Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan «Omon Qo‘ton» YPX maskanida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, YPX inspektori safdor O.Ortiqov yo‘riqnoma asosida M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1119-kilometrida joylashgan «Omon Qo‘ton» YPX maskanida hizmat olib borayotganda Lada Vesta avtomashinasi haydovchisini quvib o‘tish qoidalarini buzganligi uchun to‘xtatgan.
U tegishli hujjatlarini taqdim qilishni so‘raganida haydovchi YPX inspektoridan o‘zini tanitishini va xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini, shundan so‘ng tegishli hujjatlarni berishini aytadi. Shu tariqa o‘rtada tortishuv kelib chiqadi. YPX inspektori xizmat guvohnomasini ko‘rsatishdan bosh tortadi. Haydovchi esa unga tegishli hujjatlarni bermaydi.
Ta'kidlanishicha, xodim va haydovchi o‘rtasidagi to‘liq muloqot inspektorning Body kamerasida qayd etilgan. YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi muloqot yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatiga ko‘ra, YPX xodimi bilan tortishgan ushbu haydovchi so‘nggi 1 yil mobaynida 4 marotaba yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq qoidabuzarliklar sodir etgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

11:40 / 09.06.2025
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025