Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seysmik xavfsizlikni ta'minlashga oid prezident qarori qabul qilinadi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari, O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash sohasini 2030 yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2022 – 2024 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.
Quyidagilar konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- aholi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilalarga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va muntazam seminar-treninglar o‘tkazish;
- zilzilalarning vujudga kelish mexanizmi va tabiati hamda zilzila darakchilarining turli geodinamik jarayonlarda namoyon bo‘lishi, seysmik tebranishlarning turli geologik muhitda tarqalish va so‘nish qonuniyatlarini o‘rganish, seysmik tebranishlarning mahalliy grunt sharoitiga bog‘liq o‘zgarishi yo‘nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni kengaytirish va takomillashtirish;
- jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda shahar hududlarining seysmik xavfini va seysmik ta'sirini muhandis ko‘rsatkichlarda baholash va seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarini nafaqat makroseysmik ballarda, balki seysmik tezlanishlarda, spektr amplitudalarda va javob spektrlarda tuzishni joriy qilish;
- binolar, gidrotexnik inshootlar, yerosti, yerusti va gruntga ko‘milgan inshootlar, yo‘l o‘tkazgichlar, ularning elementlari, jumladan kompozit materiallardan tashkil topgan inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda seysmik mustahkamlikni ta'minlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni rivojlantirish;
- O‘zbekiston hududlarining seysmik xavfsizligini baholash va bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilalar zararini kamaytirish, jumladan zilzila keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ikkilamchi omillar va boshqa favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
- bino va inshootlarning seysmik xavfsizligi va mustahkamligini ta'minlash bilan bog‘liq me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish;
- respublika hududida qurilayotgan obektlarning seysmik xavfsizlik bo‘yicha me'yoriy hujjat talablariga muvofiqligini baholash va nazorat qilish jarayonlarini takomillashtirish;
- yangi qurilayotgan bino va inshootlarga seysmik mustahkamlik va xavfsizlikni ta'minlovchi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish;
- seysmik stansiyalarning ishlashini zamon talablaridan va jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda takomillashtirish hamda prognoz yo‘nalishlaridagi tadqiqotlarni jahon tajribasini o‘rgangan holda kengaytirish;
- qo‘shni respublikalar bilan seysmologik ma'lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025