Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchi tumani maktabgacha ta'lim bo‘limining Damas mashinasi MIB tomonidan xatlab qo‘yildi
Chiroqchi tumani maktabgacha ta'lim bo‘limining Damas mashinasi soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lanmagani uchun MIB tomonidan xatlab qo‘yilgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, MIB Chiroqchi tuman bo‘limi ish yurituvida Chiroqchi tuman maktabgacha ta'lim bo‘limidan 9 million 618,5 ming so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Qayd etilishicha, MIB davlat ijrochisi tomonidan berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan, Chiroqchi tumani MTB qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmagan.
Shu sababli, joriy yil 15 noyabr kuni qarzdor tashkilotga tegishli bo‘lgan Damas mashinasi MIB xodimlari tomonidan xatlangan.
MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmatining ta'kidlashicha, 15 noyabr kuni Chiroqchi tumani miqyosida 3 milliard 11,7 million so‘mlik 77 ta soliq ijro hujjatlari yuzasidan 15 ta qarzdorga tegishli mol-mulklar xatlangan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
17:35 / 15.05.2026
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:15 / 28.02.2026