Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda fermerlar noroziligidan so‘ng yangi qonun bekor qilinadi
Bosh vazir Narendra Modi hukumatning bu harakati uchun uzr so‘radi va qishloq xo‘jaligini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan yangi qonun parlamentning qishki sessiyasida bekor qilinishiga va'da berdi.
Hindistonda bir yildan buyon fermerlar noroziligiga sabab bo‘lib kelayotgan yangi qonun bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi ma'lum qildi, deb xabar berdi The Assosiated Press.
Modi hukumatning bu harakati uchun uzr so‘radi va qishloq xo‘jaligini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan yangi qonun parlamentning qishki sessiyasida bekor qilinishiga va'da berdi.
«Xalq oldida uzr so‘ragan holda, biz haqligimizni fermer birodarlarga tushuntirish uchun yetarlicha harakat qila olmadik demoqchiman. Keling, hammasini boshidan boshlaymiz», — dedi bosh vazir.
U shuningdek, norozilik namoyishlari o‘tkazayotgan fermerlardan uylariga tarqalishlarini iltimos qildi.
O‘tgan yil sentyabrda mamlakat parlamenti qishloq xo‘jaligini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilishini tasdiqlagandi. Yangi qonun shu zahoti fermerlar noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular bu qonunni yirik korporatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan va mayda xususiy xo‘jaliklarni daromaddan mahrum qiladigan deb topishdi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026