Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku Ozarboyjon va Armaniston rahbarlarining Bryusselda uchrashuv o‘tkazishiga rozi bo‘ldi
Yevrokengash rahbari Sharl Mishel Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Bryusselda uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishgan.
Foto: AP
Ozarboyjon YeIning Bryusselda Ozarboyjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berdi. Bu haqda Ozarboyjon TIVga tayanib TASS xabar qilmoqda.
“Ozarboyjon tomoni siyosiy muloqot uchun hamisha ochiq va bunday muloqotlarga ijobiy yondashadi. Shu jihatdan Ozarboyjon tomoni Yevropa kengashi raisining YeI vositachiligida ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berdi”, – deyiladi respublika TIV xabarida.
Juma kuni Yevrokengash rahbari Sharl Mishel Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan 15 dekabr kuni Bryusselda uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishgani ma'lum qilindi.
Yevrokengash bayonotida aytilishicha, ikki mamlakat rahbarlari “Sharqiy hamkorlik” sammitida “mintaqadagi vaziyat va Janubiy Kavkazda barqaror va farovonlik bo‘lishi uchun keskinlikni bartaraf qilish yo‘llarini muhokama qiladi”.
Mavzuga oid
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026