Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Rossiyani Yevropadagi inflatsiyada aybladi
Moravetskiy Yevropa mamlakatlaridagi yuqori inflatsiya energiya, xususan, gaz narxi oshishi natijasida kelib chiqqanini aytdi va Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasini narxlarni ko‘tarishda aybladi.
Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy “Gazprom” va Rossiya hukumatining harakatlari hamda “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishi tufayli Yevropada inflatsiya vujudga kelganini aytdi.
Yevrostat ma'lumotlariga ko‘ra, oktyabrda Yevrohududda yillik 2008 yil iyuldan buyon ilk bor rekord 4,1 foizlik ko‘rsatkichni tashkil qildi. Bir oy avval bu ko‘rsatkich 3,4 foizga teng edi. Moravetskiy Yevropa mamlakatlaridagi bunday yuqori inflatsiya energiya, xususan, gaz narxi oshishi natijasida kelib chiqqanini aytdi va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasini narxlarni ko‘tarishda aybladi.
“Bugun Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida inflatsiya oxirgi 20-30 yildagiga nisbatan tarixiy yuqori darajada bo‘lgan vaziyatga duch keldik. Energiya narxi balandligiga “Gazprom” va Rossiya javobgar. “Shimoliy oqim-2”, bugun prezident Putinning shantaj quroliga aylangan bu quvurni bloklash o‘rniga uning qurilishiga yordamlashgan Yevropa xalq partiyasi javobgar”, — dedi Moravetskiy.
Kuzning boshida Yevropada gaz narxi keskin ko‘tarildi. Oktyabrda uning narxi ikki ming dollarga yaqinlashdi.
Ayni paytda Londondagi ICE birjasida gaz narxi 994 dollarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
09:00 / 13.07.2026
Yevropada issiqlik to‘lqini qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
10:00 / 06.07.2026