Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatida bir sutkada to‘rtta yong‘in sodir bo‘lgani ma'lum qilindi
Namangan viloyatida qariyb bir sutkada 4 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 22 noyabr kuni soat 12:40da Chust tuman FVBga 101 qisqa raqami orqali tumanning Mustaqillik mahallasi Gulzor ko‘chasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.
Yong‘in oqibatida fuqaroning hovlisida bo‘lgan 10 dona somon presslari hamda taxlab qo‘yilgan 15 dona yog‘och to‘sinlari yonib zararlangan. Yong‘in Chust tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 13:02da o‘chirilgan.
Tezkor harakat natijasida yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 200 metr kvadrat joyi saqlab qolindi.
Joriy yil 22 noyabr kuni soat 13:56da Kosonsoy tuman FVBga 101 qisqa raqami orqali tumanning Taxtako‘prik mahallasi Tinchlik ko‘chasi 73-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.
Yong‘in oqibatida yashash uyi bostirmasining tom qismidan 25 metr kvadrat joyi, 150 dona presslangan somoni yonib zararlangan. Yong‘in Kosonsoy tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 14:39da o‘chirilgan.
Tezkor harakat natijasida yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 250 metr kvadrat joyi saqlab qolingan.
Joriy yil 22 noyabr kuni soat 14:49da Uychi tuman FVBga 101 qisqa raqami orqali tumanning Boyog‘on mahallasi Yor ko‘chasi 47-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.
Yong‘in oqibatida yashash uyining shift va tom qismidan 45 metr kvadrat joyi yonib zararlangan.
Yong‘in Uychi tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 15:18da o‘chirilgan. Tezkor harakat natijasida yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 270 metr kvadrat joyi saqlab qolingan.
Joriy yil 23 noyabr kuni soat 04:02da Namangan shahar FVBga 101 qisqa raqami orqali Kurashxona mahallasi Hunarmand ko‘chasi 4-berk 6-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.
Yong‘in oqibatida yashash uyining shift va tom qismidan 70 metr kvadrat joyi, uy-ro‘zg‘or buyumlari, uy egasiga tegishli hujjatlar yonib ketgan.
Olov boshqa hovlilarga ham o‘tgan va qo‘shni uyning shift va tom qismidan 20 metr kvadrat joyi hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek yana bir qo‘shni 2-berk 2-xonadoni yashash uyining shift va tom qismidan 20 metr kvadrat joyi uy-ro‘zg‘or buyumlari qisman yonib zararlangan.
Yong‘in Namangan shahar FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 04:50da o‘chirilgan. Tezkor harakat natijasida yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 800 metr kvadrat joy yong‘indan saqlab qolingan.
Qayd etilishicha, yong‘inlar natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlari bo‘lmagan. Hozirda holatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
11:55 / 12.06.2026
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
08:19 / 06.06.2026