Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya rahbarlari muzokara o‘tkazadi
Uchrashuvda davlatlar rahbarlari Tog‘li Qorabog‘ hududini tiklash hamda savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratadi.
26 noyabr kuni Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida muzokara bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml saytida xabar qilinmoqda.
Uchrashuv Tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv imzolanganining bir yilligiga bag‘ishlanadi.
Qayd etilishicha, sammit Rossiya tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, uch davlat rahbarlari Tog‘li Qorabog‘ hududini tiklash hamda savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratadi.