Özbekiston poytaxti Toşkent şahri boş rejasini işlab çiqiş va tasdiqlanişi yana bir yil ortga surildi. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi 702-sonli qarori mazmunidan şuni anglaş mumkin.

«Toşkent viloyatidan Toşkent şahriga ötkazilgan aholi punktlarini 2021-2024 yillarda kompleks rivojlantiriş hamda kommunal xizmat körsatiş sohasini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida», deb nomlangan va bir neça ilovalarni öz içiga olgan qarorning 9-xatboşisida Toşkent şahar hokimligi Quriliş vazirligi bilan hamkorlikda 2022 yil yakuniga qadar Toşkent şahar boş rejasi işlab çiqilişini va tasdiqlaşga kiritilişini, şuningdek, Toşkent viloyatidan Toşkent şahriga ötkazilgan hududlar uçun batafsil rejalaştiriş loyihalari işlab çiqilişini ta'minlaşi kerakligi aytiladi.

Ta'kidlaş örinliki, uşbu hujjat Toşkent şahar boş rejasini işlab çiqişga doir ilk topşiriq emas. Bundan avval ham poytaxt boş rejasini işlab çiqişga bir neça muvaffaqiyatsiz urinişlar bölgan va har safar ommadan yaşirilgan, noma'lum sabablarga köra boş rejani e'lon qiliş ortga surib kelingan.

Xususan, 2018 yil 17 avgustda PF-5515-sonli prezident farmoni ham imzolangan bölib, unda Toşkent şahrining tasdiqlangan boş rejasi mavjud emasligi tartibsiz qurilişlarga olib kelayotgani, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini yanada kengaytirişga imkon bermayotgani, şuningdek, ijtimoiy obektlarni kompleks joylaştiriş va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirişni hisobga olgan holda poytaxtni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga tösqinlik qilayotgani ta'kidlangan edi.

Mazkur farmonda Toşkent şahar hokimiga 2018 yil 1 oktyabrga qadar muddatda Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasi va Toşkent şahrining boş rejasi loyihalarini işlab çiqiş böyiça xalqaro tanlov ötkazişni ta'minlaş vazifasi yuklatilgan. Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasi va Toşkent şahrining boş rejasi loyihalarini işlab çiqiş böyiça buyurtmaçi funksiyasi Toşkent şahar hokimi devoniga yuklangan edi.

Hujjatga muvofiq, bevosita Toşkent şahar hokimi 2019 yil 1 yanvarga qadar Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini; 2019 yil 1 dekabrga qadar tasdiqlangan Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasi asosida Toşkent şahrining boş rejasini tasdiqlaş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritişi lozim edi.