Toşkent şahrining boş rejasi 2020 yilda taqdim etilişi kutilyapti. Bu haqda şahar hokimi örinbosari Davron Hidoyatov Senat yalpi majlisida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Toşkent şahrining boş rejasi 2013 yilda işlab çiqilgan, ammo u paytda tasdiqlanmagan. Ötgan yili körib çiqqanimizda, bu boş reja hozirgi kunga töğri kelmasligi ma'lum bölgandi.
Şu sababli biz bu yil Turkiya kompaniyasini jalb qilgan holda konsepsiyasini işlab çiqdik, tasdiqladik va rahbarga körsatdik”, – dedi Hidoyatov.

Uning sözlariga köra, ayni paytda turkiyalik mutaxassislar Toşkent boş rejasi ustidagi işlarni davom ettirmoqda, boş reja ulardan keyingi yil qabul qilib olinadi.
“Bilasiz, boş reja bir kunda qilinadigan iş emas. Ba'zi şaharlarda, masalan Qozon yoki Moskvada [boş rejani işlab çiqiş uçun] 5 yildan 8 yilgaça vaqt ketgan paytlari ham bölgan.
Kelayotgan 2020 yilga biz grafik böyiça ulardan qabul qilib olib, jamoatçilik va rahbarimizga taqdim etamiz”, – dedi poytaxt hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari.
Eslatib ötamiz, prezidentning 2018 yil avgust oyidagi farmoniga muvofiq, Toşkent şahar hokimi 2019 yil 1 yanvarga qadar Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisidagi prezident qarori loyihasini taqdim etişi kerak edi.
Şuningdek, yuqoridagi farmon bilan şahar hokimiga 2019 yil 1 dekabrgaça tasdiqlangan boş reja konsepsiyasi asosida Toşkent şahrining boş rejasini tasdiqlaş töğrisidagi prezident qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritiş haqida topşiriq berilgandi.
Amalda har ikkala topşiriq ham belgilangan muddatda bajarilmadi. 2019 yil 1 yanvargaça taqdim etilişi buyurilgan konsepsiya avvaliga aprel oyida taqdim qilinişi e'lon qilindi, keyinroq esa may oyida tayyor bölişi aytildi.
«Toşkent şahar boş rejasi [konsepsiyasi] 20 may kuni taqdim etiladi», degandi

















