Toshkent shahar bosh rejasining konsepsiyasi taqdim etilishi kechikdi

Toshkent shahar bosh rejasining konsepsiyasi avval aytilganidek joriy yilning aprel oyida emas, may oyida taqdim qilinadi. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, bu haqda Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul chog‘ida ma'lum qilgan.
«Toshkent shahar bosh rejasi 20 may kuni taqdim etiladi», degan shahar hokimi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi buzilish-buzilmasligi to‘g‘risida berilgan savolga javoban.
Fevral oyida poytaxt ma'muriyati tomonidan 2019 yilning aprel oyi oxirigacha Toshkent shahar bosh rejasi konsepsiyasi 3D formatda tayyorlash rejalashtirilgani, uni tayyorlash ustida Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ish olib borayotgani haqida ma'lum qilingan edi.
Toshkent shahri hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov Toshkent bosh plani 2014 yilda ishlab chiqilgani, biroq bugunga kelib, poytaxtda rejalar o‘zgargani sabab, 2014 yilda tasdiqlangan bosh plan o‘z aktualligini yo‘qotgani haqida aytib o‘tgandi.
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaharni to‘liq tasvirga olish («skanerdan o‘tkazish») uchun vertolyotga o‘rnatilgan aerofotoapparatlardan foydalanilishini qo‘shimcha qilgandi. Keyingi bir oy davomida haftaning yakshanba kunlarida Mudofaa vazirligining Airbus Helicopters H215 rusumli vertolyoti 3D-kameralar bilan Toshkent ustida parvozlarni amalga oshirmoqda.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston | 08:10
-
Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 07:37
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Mavzuga oid

16:41 / 14.03.2025
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi

13:01 / 15.01.2025
Beshyog‘och bozorining o‘rnida 9 qavatdan baland bino qurish Toshkent bosh rejasiga zid - Qurilish vazirligi

17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida

12:00 / 04.12.2024