Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya muxolifati muddatidan avval saylovlar o‘tkazilishiga erishmoqchi
Muddatidan avval prezident va parlament saylovlari o‘tkazish chaqirig‘i o‘tgan haftada, Turkiya lirasi qiymati keskin tusha boshlaganida yangragandi.
Turkiyadagi asosiy muxolif xalq-respublika partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li mamlakatdagi iqtisodiy yomonlashishi fonida muddatidan avval prezident va parlament saylovlari o‘tkazilishiga erishmoqchi. U bu haqda parlamentdagi chiqishida aytdi.
“Muddatidan avval saylovlar o‘tkazish talabi – butun millat talabi”, — deya Qilichdoro‘g‘lining so‘zlaridan iqtibos keltirgan NTV telekanali.
U ilgari fikrlarni eshitish va moliya sohasidagi vaziyatni to‘g‘rilash borasida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha kengash tashkil etish tashabbusi bilan chiqqanini eslatib o‘tdi. Qilichdoro‘g‘lining aytishicha, bu taklif prezident Erdo‘g‘an tomonidan e'tiborsiz qoldirilgan.
Muddatidan avval prezident va parlament saylovlari o‘tkazish chaqirig‘i o‘tgan haftada, Turkiya lirasi qiymati keskin tusha boshlaganida yangragandi.
Ammo Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muddatidan avval ovoz berish bo‘lmasligini, saylovlar rejalashtirilganidek 2023 yilda bo‘lib o‘tishini aytdi.
Yil boshidan buyon Turkiya valutasi 70 foizga qadrsizlandi. Yanvarda bir dollar 7,3 lira atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 23 noyabr kuni 13,15 lirani tashkil etdi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
10:45 / 13.06.2026