Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi
Juma kunidan boshlab Chexiyada koronavirus bilan bog‘liq qo‘shimcha cheklovlar kiritildi.
Chexiyada koronavirus yuqtirish holatlari soni keskin o‘sgani sababli yangi cheklovlar joriy etildi, deb xabar berdi Associated Press.
Mamlakatda o‘tgan sutkada 27 ming 717ta yangi holat qayd etilgan, bu 23 noyabrdagi antirekorddan qariyb 2 mingtaga ko‘pdir.
Juma kunidan boshlab Chexiyada koronavirus bilan bog‘liq qo‘shimcha cheklovlar kiritildi. Butun mamlakat bo‘ylab bayram yarmarkalari faoliyati to‘xtatildi, jamoat joylarida alkogolli ichimliklar ichish taqiqlandi. Barlar, restoranlar, tungi klub va kazinolar soat 22:00gacha ishlaydi. Shuningdek, madaniy va sport tadbirlarida ishtirokchilar soni ming nafargacha cheklandi.
Bundan tashqari, JAR, Namibiya, Lesoto, Zimbabve, Mozambik, Zambiya va Botsvanada 12 soatdan ortiq bo‘lgan shaxslarning Chexiya hududiga kirishi taqiqlandi.
Mavzuga oid
09:38 / 12.06.2026
JCh-26. Koreyslar kambek amalga oshirdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026