15:46 / 27.11.2021
5138

Nyu-Yorkda koronavirusning yangi shtammi sababli favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Shuningdek, AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat 29 noyabrdan Afrikaning sakkiz davlati bilan aviaqatnovlarni cheklashini ma'lum qildi. 

Foto: Reuters

Nyu-York gubernatori Keti Xochul koronavirusning yangi shtammi aniqlangani sababli shtatda favqulodda vaziyat rejimini e'lon qildi. 

“Men, Keti Xochul, Nyu-York shtati gubernatori, konstitutsiya va Nyu-York shtati qonunlarida berilgan vakolatlar doirasida 2022 yil 15 yanvargacha butun Nyu-York shtatida favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilaman”, - deyiladi gubernator farmonida.

Shuningdek, AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat 29 noyabrdan Afrikaning sakkiz davlati bilan aviaqatnovlarni cheklashini ma'lum qildi. 

JSST ma'lumotiga ko‘ra, B.1.1.529 shtammi ilk marta 24 noyabr kuni JARda aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur shtammda ko‘plab mutatsiyalar bo‘lib, ularning ayrimlari xavotirga soladi.

Avvalroq o‘ndan ortiq mamlakat Janubiy Afrikaga parvozlarni taqiqlagandi.

Mavzuga oid
Top