Chexiyada yangi bosh vazir tayinlandi

Foto: EPA/Vostock-photo
Chexiya prezidenti Milosh Zeman Fuqarolik demokratik partiyasi yetakchisi Petr Fialani mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinladi.
Bosh vazirni tayinlash marosimi prezident saroyi Lanuda joriy haftada Zemanda koronavirus aniqlangani sababli qat'iy xavfsizlik choralariga amal qilingan holda o‘tgan. Jumladan, zalning Zeman joylashgan qismi oynavand to‘siq bilan ihotalangan.
Yangi vazirlar mahkamasi qachon tayinlanishi hozircha noma'lum, biroq Fiala Zemanga hukumatning ehtimoliy tarkibini taqdim qilgan.
Fiala uning hukumati o‘z zimmasiga javobgarlikni olib, mamlakatdagi dolzarb muammolarga, jumladan energetika inqirozi, inflatsiya va koronavirusga qarshi kurashishga tayyorligini bildirgan.
Zeman joriy haftada uzoq muddatli davolanishdan keyin shifoxonadan chiqarilgandi, biroq koronavirusga musbat test topshirgani sababli o‘sha kuniyoq yana u yerga qaytarilgandi.
57 yoshli Petr Fiala Fuqarolik demokratik partiyasi yetakchisi hisoblanadi. Bungacha u ta'lim, yoshlar va jismoniy tarbiya vaziri lavozimini egallagan, 2013 yildan Chexiya prezidenti deputati sifatida faoliyat yuritadi.
Chexiyada 8-9 oktyabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tgandi va uning natijalariga ko‘ra liberal kuchlar koalitsiyasi “Birgalikda” g‘alaba qozongandi. Ushbu koalitsiya tarkibiga Fuqarolik demokratik partiyasi, TOR 09 harakati va Xristian-demokratik harakat kiradi. 2-o‘rinni endilikda sobiq bosh vazir Andrey Babishning ANO harakati egallagan.
11 noyabrda Babish boshchiligidagi hukumat iste'foga chiqqan.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 21:23
-
RF mudofaa vazirligi «Pasxa sulhi» yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 21:01
-
Rossiya IIV maktablardagi migrant bolalarning ro‘yxatini yuritishni boshlaydi
Jahon | 20:45
-
WP: Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini tark etishga tayyorlanmoqda
Jahon | 20:42
Mavzuga oid

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

18:21 / 08.04.2025
Chexiya bosh vazirining X’dagi akkaunti buzib kirildi va u orqali feyk postlar e’lon qilindi

10:31 / 17.02.2025
Chexiya Ukraina uchun snaryadlar sotib olishni davom ettirishga va’da berdi

11:35 / 07.02.2025