Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi
Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni tongda Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.
U yerda davlat rahbari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibidan savdo, investitsiyalar, «yashil» iqtisodiyot va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, transport, logistika, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Turkmaniston poytaxtiga tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a'zo. O‘zbekiston IHTga 1992 yilda qo‘shilgan.
Tashkilotning 14-sammiti 4 mart kuni videoanjuman shaklida o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026