Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Polkovnik Sadirov Aziz Sirojiddinovich – Qashqadaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
A.Sadirov mazkur tayinlovgacha Toshkent shahri IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Toshev Jasur Xaqberdiyevich – Qashqadaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
J.Toshev mazkur tayinlovgacha Qashqadaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 24-26 noyabr kunlarida Qashqadaryoda bo‘lib viloyatdagi kriminogen holat bilan tanishgan. Jumladan, 24 noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatdagi kriminogen vaziyat tahlil qilingan va jinoyatchilik ko‘p sodir etilayotgan tumanlardagi holat tanqid qilingan.
Mavzuga oid
16:02 / 15.07.2026
Qashqadaryoda ham jazirama sabab og‘ir yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklanadi
10:09 / 15.07.2026
Qashqadaryoda uchta bankka oid firibgarlik holati aniqlandi
17:32 / 10.07.2026
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: Qashqadaryoda eshak go‘shti savdogari ozodlikdan mahrum qilindi
14:58 / 08.07.2026