Respublikadagi barcha maktablarda bepul foydalanish mumkin bo‘lgan STesting platformasi joriy qilinadi
STesting elektron platformasi sentabr-oktabr oylarida tanlab olingan maktablarda tajriba sinovidan o‘tkazildi va endilikda respublikaning barcha maktablarida joriy qilinadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rektori Ayubxon Radjiyev ma'lum qildi.

2022 yilda O‘zbekiston ilk marotaba ishtirok etadigan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Xalq ta'limi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan STesting loyihasi amalga oshirildi. Loyihaga 2020 yil dekabr oyida start berilgan bo‘lib, 8 oy davom etdi.
Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rektori Ayubxon Radjiyev butun respublikada yangi elektron platformaning joriy etilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
“STesting elektron platformasi bu – xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim va video mahsulotlarni o‘z ichiga olgan innovatsion platforma bo‘lib, unda 1000 tadan ortiq testlar joylashtirildi. Mazkur elektron platforma sentabr-oktabr oylarida belgilangan maktablarda tajriba sinovidan o‘tkazildi. Eng muhim jihatlaridan biri ushbu test trenajyor platformadan foydalanish mutlaqo bepul. O‘qituvchi va o‘quvchilar ta'lim jarayonida fanlararo integratsiyani ta'minlashda elektron platforma materiallarini bepul yuklab olishlari mumkin”, — dedi Ayubxon Radjiyev.
Mazkur platforma orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar xalqaro baholash dasturlarining topshiriqlarini o‘zida mujassam etgan elektron test tizimida o‘z bilimlarini sinashi, shuningdek, ota-onalarga mo‘ljallangan video mahsulotlar bilan tanishishi orqali xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.
“Kelasi haftadan ushbu platformani respublikadagi barcha maktablarga taqdim etamiz. Platformadagi savollar oldingi xalqaro tadqiqotlarda foydalanilgan savollar bo‘lib, bizning maktab o‘quvchilarida ko‘nikma paydo qilish uchun ulardan foydalanishni lozim topdik.
Platformani yurtimizning barcha viloyatlari va chekka hududlarda ham joriy etish uchun 3 xil yondashuv asosida ish olib boryapmiz. 14 ta viloyatda 28 nafar xodimimiz o‘zlari borib bevosita treninglar o‘tib berishyapti. Birinchi bosqichning o‘zida 300 mingdan ortiq foydalanuvchilarni qamrab olishni maqsad qilganmiz”, — dedi institut rektori.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
-
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi
O‘zbekiston | 16:32
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
-
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:07
Mavzuga oid

11:55 / 09.09.2022
110-maktabda kiyinish xonasiga kameralar o‘rnatilishi bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi

16:02 / 08.09.2022
Respublika ta’lim markazi rahbari yangi darslikka tadbirkor Murod Nazarov haqida ma’lumot qo‘shilganiga izoh berdi

22:46 / 07.09.2022
Nega XTV darsliklar ijarasini bepul qilishni avvalroq taklif qilmagan? Vazir o‘rinbosari izohi

19:28 / 07.09.2022