Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda birovning 10 million so‘m pulini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida birovning 10 million so‘m pulini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 30 noyabr kuni Qiziriq tumani Yangiobod mahallasida yashovchi, Ch.Go‘zal tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 29 oktabr kuni yashash uyidan 10 million so‘m pullarini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qiziriq tumanida yashovchi J.Xolmat sodir etgani aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
Qayd etilishicha, joriy yil 7 noyabr kuni J.Xolmatga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
15:50 / 11.06.2026