Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan korxona aniqlandi
Mazkur korxona elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani sababli elektr ta'minoti korxonasiga 658 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Foto: "Andijon HeTK" AJ Axborot xizmati
"Andijon HeTK" AJ axborot xizmati xabar berishicha, Andijon shahar “Nayman” ko‘chasi 30-uyda joylashgan “Muborak tong niholi 2019” MChJga qarashli cho‘yanni qayta ishlash sexi tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga zid ravishda shartnoma tuzmagan holda elektr energiyasidan foydalanayotganligi aniqlandi.
Qayd etilishicha, qayta hisob- kitobga ko‘ra, iste'molchi tomonidan elektr ta'minoti korxonasiga 658 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Ushbu holat bo‘yicha jamlangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
Avvalroq, 19 mlrd so‘mlik benzin mahsulotlari talon-toroj qilingan Andijon neft bazasi ishi sudga oshirilganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:57 / 07.04.2026
2026 yilning birinchi choragida elektr ishlab chiqarish 7 foizga oshdi
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026