Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligi Toshkentda suv ta'minotidagi uzilish elektr energiyasi bilan bog‘liq emasligini bildirdi
Toshkent shahri aholisining suv ta'minotidagi uzilish elektr ta'minoti bilan bog‘liq emas. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Avvalroq, «Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJ poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta'minlovchi «Qodiriya» bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta'minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga kelganini bildirgandi.
Energetika vazirligi bergan bayonotda aytilishicha, poytaxt aholisini suv bilan ta'minlovchi «Qodiriya» suv inshooti 3ta bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
Bugun, 3 dekabr kuni ushbu tarmoqlarning 2tasida qisqa muddatli (12 daqiqa) o‘chish sodir bo‘lgan. Bu vaqtda uchinchi elektr uzatish tarmog‘i orqali «Qodiriya» suv inshooti elektr energiyasi bilan ta'minlangan.
«Shunday qilib, elektr energiyasining bu holati Toshkent aholisining suv ta'minotida uzilishlarga sabab bo‘lmagan», deyiladi vazirlik tarqatgan bayonotda.
Bundan oldin, Toshkent IESda elektr energiyasida uzilish bo‘lgani sababli qator hududlar issiqlik ta'minotisiz qolgandi.
Mavzuga oid
21:03 / 22.03.2026
Amir Temur xiyoboni hududi 23 martdan 7 aprelga qadar vaqtincha yopiladi
19:04 / 20.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari e’lon qilindi
11:12 / 20.03.2026
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
09:08 / 20.03.2026