Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning qator hududlarida ichimlik suvi ta'minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda
Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suvi ta'minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda «Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 dekabr kuni soat tonggi 8:30da poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta'minlovchi «Qodiriya» bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta'minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga kelgan.
Shu tufayli Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suvi ta'minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda.
«Hozirgi vaqtda elektr ta'minoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Toshkent shahrida tez fursatlarda suv ta'minoti o‘z maromiga qaytadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, Toshkent IESda elektr energiyasida uzilish bo‘lgani sababli qator hududlar issiqlik ta'minotisiz qolgandi.
Mavzuga oid
11:15
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi
07:58
Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat «aqlli» kameralar orqali nazorat qilinadi
07:54
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
19:55 / 05.05.2026