Yevropa sudi Polshaga migrantlarni Belarusga qaytarishni taqiqladi

Foto: Czarek Sokolowski / AP
Yevropaning inson huquqlari bo‘yicha sudi Polsha hududiga Belarusdan o‘tgan migrantlar ortga qaytarilmasligi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda sudga tayanib RIA “Novosti” xabar berdi.
Sud 2021 yil avgustdan beri Polsha va Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozi doirasida qo‘llangan choralar bo‘yicha 198 kishi topshirgan 47 ta arznomani ko‘rib chiqqan. Ularning aksariyati Polshaga, yana uchtasi Latviya va Litvaga qarshi berilgan.
Yevropa sudida ta'kidlanishicha, shikoyatchilarning aksariyati Polshada qolayotganlarini ta'kidlashgan va Belarusga qaytarilmasliklarini so‘rashgan. Migrantlar Belarusga yoki o‘z vatanlariga qaytarilsalar, hayotlari xavf ostida qolishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.
“Sud 39-qoidani qo‘llab, shikoyatchilar haqiqatan ham Polsha hududida qolayotgan bo‘lsalar, unda Polshadan chiqarib yuborilmasliklari kerakligi haqida qaror chiqardi”, deb ta'kidlab o‘tilgan sudda.
Varshava o‘z hududiga Belarusdan o‘tgan migrantlarni qabul qilishga qarshi chiqmoqda. Aksariyati Yaqin Sharq davlatlaridan bo‘lgan migrantlarning ko‘pchiligi ham Polshada qolishni istamayotganlari, ular Germaniya yoki Yevropa ittifoqining boshqa davlatlariga intilayotganlarini aytishmoqda. Biroq 2013 yilda qabul qilingan Dublin reglamentiga ko‘ra, Yevropa ittifoqi hududiga o‘tgan migrantlar ittifoqning qaysi davlati chegarasini birinchi kesib o‘tgan bo‘lsa, o‘sha davlatdangina boshpana so‘ray oladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda

23:51 / 12.11.2024
Belaruslik siyosiy mahbus Mariya Kolesnikova 1,5 yil deganda otasi bilan uchrashdi

22:17 / 07.11.2024