Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda pirotexnika vositalarini olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
Andijon viloyati “Do‘stlik” chegara bojxona postida noqonuniy ravishda pirotexnika vositalarini olib kirayotgan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur post orqali piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi A.G.ning bezovtalanishi bojxonachilar diqqatini tortdi. Shundan so‘ng, ushbu shaxslar xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, u yonidagi qiymati salkam 5 mln so‘mlik jami 19 800 dona “S novym godom” nomli pirotexnika vositalarini yashirib olib o‘tayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026