Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada PZR testi natijasining amal qilish muddati qisqardi
Rossiyada PZR testi natijasining amal qilish muddati qisqartirildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, Rossiya bosh davlat sanitar vrachi qaroriga ko‘ra, 2021 yilning 8 dekabridan boshlab, butun mamlakat hududida PZR testi manfiy natijasining amal qilish muddati 72 soatdan (3 sutka) 48 soatgacha (2 sutka) qisqartirildi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu talab Rossiya fuqarolari va mamlakatga kirib kelayotgan chet el fuqarolari uchun bir xil kuchga ega.
Bundan oldin, Janubiy Afrika Respublikasidan qaytib kelgan ikki nafar Rossiya fuqarosida koronavirusning «omikron» shtammi aniqlangandi.
Ma'lumot uchun, koronavirusning yangi shtammi 20 noyabrda Botsvana va JARda aniqlangan. Olimlar ushbu shtamm yuqori darajada yuquvchan va vaksinalarga bardoshli ekanini aytmoqda. JSST ushbu shtammni «xavotirli» deb topgan va uni grek alifbosining 15-harfi – «omikron» bilan belgilagan. Ayni vaqtda yangi shtamm dunyoning 40 taga yaqin davlatida qayd qilingan.
Avvalroq, O‘zbekistonda «omikron» tufayli cheklovlar joriy etilib, bir qator davlatlar bilan xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026