Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Jalolov ilk aniq zarbasi bilan raqibni nokautga uchratdi (video)
Bahodir Jalolov professional boksdagi 9-jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi.
BAAning Dubay shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Super og‘ir vaznda o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoga (5 jang, 4 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat) qarshi ringga ko‘tarilib, 8 raundga mo‘ljallangan jangning 37-soniyasidayoq raqibini nokautga uchratdi.
Shu tariqa, surxondaryolik bokschi professional boksdagi 9-jangini ham nokautli g‘alaba bilan yakunladi.
Jangdan so‘ng Jalolov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
«Alhamdulillah, g‘alaba qozondim. Bundan keyingi janglarda ham o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qilaman.
Keyingi raqibning ahamiyati yo‘q. Chempionlarga qarshi jang qilishga ham tayyorman. Usikmi, Joshuami, Tayson-Fyurimi — farqi yo‘q. Maqsadim — ushbu vazndagi 4ta kamarni ham O‘zbekistonga olib ketish».
Ma'lumot uchun, Bahodir Jalolov so‘nggi jangini 2021 yil 3 aprelda latviyalik Kristaps Zutisga qarshi o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
18:18 / 10.05.2026
Bahodir Jalolov Angliyadagi boks oqshomida raqibini texnik nokaut bilan yengdi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026