Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki Afg‘onistonga 280 mln dollar ajratadi
Pullar yil oxiriga qadar afg‘onistonliklarga yordam berishni zimmasiga olgan YUNISEF va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) hisoblariga tushadi.
Jahon banki Afg‘onistonga maxsus fonddan 280 million dollar miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, mablag‘ mamlakat iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyat tufayli Jahon banki boshqaruvidagi Afg‘onistonni tiklash maqsadli fondi (ARTF) tomonidan ajratiladi.
Pullar yil oxiriga qadar afg‘onistonliklarga yordam berishni zimmasiga olgan YUNISEF va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) hisoblariga tushadi.
Bankning aniqlik kiritishicha, YUNISEF 100 million, WFP esa 180 million dollar oladi.
Jahon banki ushbu mablag‘ YUNISEFga "12,5 million kishini tibbiy xizmatlar bilan ta'minlash hamda bir million kishini emlash imkonini beradi" deb hisoblamoqda. O‘z navbatida, WFP 2,7 million kishiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.
Mavzuga oid
10:35 / 10.07.2026
Jahon banki O‘zbekiston uchun eng istiqbolli uch sohani sanadi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
21:16 / 29.06.2026
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
13:47 / 29.06.2026