Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan qator mansabdorlar ishdan olindi
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Toshpo‘latov, joriy yil 11 oylik ish natijalari bo‘yicha tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazdi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari, Yangihayot va Shayxontohur tumanlari IIO FMB boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Sergeli tumani IIO FMB boshlig‘i, uning birinchi o‘rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlari intizomiy jazoga tortildi.
Tumanda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan va namunaviy xizmat olib borayotgan Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari IIO FMB boshliqlariga tashakkur e’lon qilindi.
Mavzuga oid
18:45
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026