Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson Rossiyaga jiddiy iqtisodiy sanksiyalar bilan tahdid qildi
Boris Jonson Buyuk Britaniya “Ukrainaga yordam berishda davom etishi”ni ta’kidladi.
Foto: Reuters
Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda Buyuk Britaniya va Yettilik guruhining (G7) jiddiy iqtisodiy sanksiyalariga duch keladi. Bu haqda Birlashgan Qirollik bosh vaziri Boris Jonson Britaniya parlamentida qilgan chiqishida aytdi.
“Men dushanba kuni Putin bilan gaplashdim. Unga Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgan taqdirda Buyuk Britaniya va G7 hamda xalqaro hamjamiyat jiddiy iqtisodiy sanksiyalar paketini qabul qilishini aytdim. Boshqa suveren davlat hududiga bostirib kirish nafaqat Rossiya, balki Ukraina va butun dunyo uchun falokat bo‘ladi”, — dedi u.
Bundan tashqari, Jonson Buyuk Britaniya “Ukrainaga yordam berishda davom etishi”ni ta’kidladi.
So‘nggi vaqtlarda G‘arb mamlakatlari va Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ehtimoli to‘g‘risida tez-tez gapirilmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday bayonotlarni asossiz deb atagan. Shu bilan birga, u Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinish juda jiddiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
15:14 / 09.03.2026
Kiprdagi aviabazaga hujum qilgan drondan Rossiyada chiqarilgan qismlar topildi
13:30 / 09.03.2026
Putin chet ellik harbiylar bo‘yicha yangi qonunni imzoladi
12:41 / 09.03.2026
Kiyev Budapeshtdan musodara etilgan pul va oltinni qaytarishni talab qildi
20:32 / 08.03.2026