1986 yil 16 dekabrda Qozoğiston rahbari Dinmuhammad Qönayev işdan olinadi. Örniga Ulyanovsk obkomining birinçi kotibi tayinlanadi. Bu haqda xabar topgan qozoqlar Olmaotadagi markaziy maydonga yiğila boşlaydi. Militsiya ularni tarqatişga uringanda töqnaşuvlar sodir böladi. Oqibatda odamlar halok böladi, köpçilik jarohatlanadi. Maşinalar yoqib yuboriladi, yotoqxonalar vayron qilinadi.

Sobiq ittifoqda hududlarni boşqarişda yozilmagan bir qoida amalda bölgan. Rahbar mahalliy xalq vakillaridan tayinlangan, uning örinbosari esa Moskvadan yuborilgan. Barça ittifoqdoş respublikalarda, viloyatlarda, tumanlarda rahbarlar şu taxlit tayinlangan. Ammo 1986 yil 16 dekabr kuni ötkazilgan Qozoğiston kompartiyasining navbatdagi plenumida bunga amal qilinmaydi.

Dinmuhammad Qönayev / Foto: tengrinews.kz.

Plenum davomida işdan olingan Dinmuhammad Qönayev örniga mahalliy millat vakili emas, balki Qozoğistonga mutlaqo aloqasi bölmagan, bu respublikadagi şart-şaroitni bilmagan şaxs, Ulyanovsk viloyati obkomining birinçi kotibi Gennadiy Kolbin rahbar etib tayinlanadi.

Gennadiy Kolbin / Foto: nur.kz

Öşanda plenumda qatnaşganlarning aksariyati Nursulton Nazarboyev Qozoğistonning yangi rahbari etib tayinlanişini kutgandi, ammo bu iş sodir bölmaydi. Aftidan Moskva turli respublikalarda sodir bölayotgan milliy uyğoniş harakatlaridan qozoqlarni şu yöl bilan «asraşni» öylagandi. Keyinçalik, Olmaota namoyişlarini Nursulton Nazarboyev uyuştirgan degan gap-sözlar çiqadi.

Nursulton Nazarboyev, 1989 yil. / Foto: cabar.asia

Plenumda iştirok etayotgan köplab deputatlar va boşqalar Kolbinning Qozoğistonga rahbar bölişiga rozi emasdi. Ammo öşanda Moskvaning qaroriga qarşi çiqişning iloji yöq edi. Garçi uning Qozoğiston rahbari etib tayinlanişiga deputatlar majburan sukut saqlagan bölsa ham qozoq xalqi va yoşlari haqida bunday deb bölmasdi. Ular oqibati ölim yoki uzoq yillik qamoq jazosi bilan tugaşini bilib ham bu adolatsiz qarorga qarşi çiqişadi.

Qönayevning işdan olingani va uning örniga Qozoğiston kompartiyasiga yangi rahbar tayinlangani haqidagi yangiliklar keçki payt televideniye orqali e’lon qilinadi. Qozoğistonda yaşamagan, bu yerdagi vaziyat va şaroitni bilmaydigan şaxsning respublikaga rahbar etib tayinlanganini eşitgan qozoğistonliklar bu işni «hazm» qila olmaydi.

Namoyişçilar Olmaotadagi markaziy maydonda / Foto: mediazona.ca

Ertasi kuni, 1986 yil 17 dekabr ertalabdan Olmaotadagi Leonid Brejnev nomi berilgan boş maydonga odamlar yiğila boşlaydi. Ular SSSR rahbariyati tomonidan Kolbinning Qozoğistonga rahbar etib tayinlaganiga qarşi edi. Şu tariqa tarixda «Jyeltoqsan» (ma’nosi dekabr) va «Dekabr hodisalari» nomi bilan qolgan qonli voqealar boşlanadi.

Namoyişçilar «Öz-özini boşqariş huquqi berilişini talab qilamiz», «Har bir xalqqa özidan rahbar», «37-yillar qaytişiga yöl qöymaymiz» kabi şiorlar yozilgan plakatlar kötarib olişgandi.

Qozoq yoşlari namoyişda. / Foto: 7kun.kz

17 dekabr kuni soat 13:00 larda maydonga 5 ming nafardan oşiqroq odam yiğiladi. Şundan söng maydon atrofiga militsiya xodimlari keltiriladi. Biroz ötib, namoyişçilar yanada köpayib borayotgani uçun maydonga militsiya maktabi va yonğindan saqlaş texnikumi kursantlarini olib kelişadi.

Mutasaddilar namoyişçilarni avvaliga tinç yöl bilan tarqatmoqçi bölişadi. Qozoğistonda obro‘-e’tiborga ega şaxslar, yozuvçi va şoirlar kelib odamlar qarşisiga çiqib ularni tarqalişga çaqirişadi. Ammo ortga çekinişni istamagan odamlar ularning gaplariga quloq solmaydi va «sotqinlar» deya baqira boşlaydi.

Öşa kuni keçga borib vaziyat ança jiddiylaşadi. Havo juda sovuq bölganiga qaramasdan namoyişçilar tarqalmaydi. Aksinça, ularning yoniga boşqalar ham kelib qöşiladi. Militsionerlar ularni kuç bilan tarqatmoqçi böladi va şu tariqa tartibsizliklar boşlanadi.

Içki işlar maktabi va yonğinga qarşi kuraş texnikumi kursantlari dubinkalar bilan odamlarni savalay boşlaydi. Namoyişçilar esa ularga taşlanadi. Ana şu joyda hali kasbiy könikmasi bölmagan kursantlarning namoyişçilarni tarqatişga kuçi yetmasligi oydinlaşadi.

Töqnaşuvlar ertalabgaça davom etadi. Har ikki tomondan ança odam tan jarohatlari olib safdan çiqadi.

Qozoq yoşlari Olmaotadagi namoyişda. / Foto: yvision.kz

18 dekabr kuni ertalab militsionerlar va kursantlarga respublikaning boşqa hududlaridan maxsus kuçlar kelib qöşiladi. Şundan söng namoyişçilar va militsiyaning maxsus kuçlari örtasida ayovsiz töqnaşuvlar boşlanadi.

Odamlar militsiyaga tegişli transport vositalari bilan birgalikda köçalarda turgan boşqa maşinalarni ham ağdarib yoqib yuborişadi.

Keçga borib, militsiya xodimlari odamlarni maydonidan quvib çiqaradi. Namoyişçilar ortiq qarşilik körsata olişmaydi va tarqab ketişadi. Töqnaşuvlar oqibatida asosan namoyişçilar jarohatlanişadi.

Rasmiy ma’lumotlarda namoyişlar vaqtida ikki kişi halok bölgani aytilgan. Keyinçalik hodisa guvohlari namoyişlarda halok bölganlar soni köproq bölganini aytişgan.

Özaro töqnaşuvlar paytida militsiyaning 11 ta turli transport vositasi yoqib yuborilgan, 24 ta transporti yaroqsiz holga keltirilgan.

Şuningdek, 39 ta avtobus, 33 ta taksi maşinasi paçaqlab taşlangan va ba’zilari yoqib yuborilgan.

Bundan taşqari, turli oliy ta’lim muassasalariga tegişli 13 ta yotoqxona, 5 ta öquv binosi, 6 ta savdo dökoni, 4 ta ma’muriy binoga zarar yetkazilgan.

Namoyiş ilk boşlangan kunda faqat Olmaotadagi maydonga odamlar yiğilgan bölsa, 18 noyabr kuni respublikaning yana bir qator şaharlarida ham namoyişlar bölib ötadi. Jumladan, mamlakatning öndan oşiq şaharlarida Olmaotadagi namoyişlarni qöllab köçalarga çiqadi. Ularning barçasi kuç bilan bostiriladi.

Namoyişçilarning aksariyati Olmaotaga boşqa viloyatlardan kelib öqib, işlab yurgan yoşlar edi. Namoyiş tarqatilgan vaqtda ularning ayrimlari militsiya tomonidan uşlangan, boşqalari esa öz viloyatlariga qoçib ketadi. Namoyişçilarni tarqatib yuborişgandan söng Olmaota va Qozoğistonning boşqa hududlari böylab bu işda qatnaşgan odamlarni topiş va hibsga oliş işlari boşlanib ketadi.

Hodisadan söng jami 8 500 kişi hibsga olinadi. Ulardan 99 nafari jinoyat sodir etgan deb topilib, turli muddatlarga qamaladi. 900 dan oşiq kişi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda ayblanib jazolanadi.

Qölga olinganlardan biri odam öldirganlikda ayblanib ölim jazosiga hukm etiladi. Keyinçalik ölim jazosi 20 yillik qamoq jazosi bilan almaştiriladi.

Turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib kelgan 300 nafardan oşiq talaba öqişdan haydaladi. 319 nafar OTM öqituvçilari işdan böşatiladi. 52 kişi kommunistik partiya safidan öçiriladi, 758 nafar yoşlar komsomol (Butunittifoq yoşlar ittifoqi) safidan haydaladi.

Keyinçalik Olmaota namoyişlarining taşkilotçilaridan biri sifatida sudlanib 4 yil qamoq jazosini olgan Qurmanğazi Aytmurzayev hodisalarni şunday eslagan edi:

«1986 yil 16 dekabr kuni keçki payt Qönayevning örniga Kolbin tayinlanganini eşitib hayron böldik va Qozoğiston davlat universiteti yotoqxonasida muhokama qildik. Kolbinning tayinlanişiga hamma talabalar qarşi edi. Şundan söng barça talabalar ertasi kuni Olmaotadagi markaziy maydonga namoyişga çiqişga kelişib oldik.

Keçasi bilan uxlamasdan namoyişga tayyorgarlik kördik. Turli şiorlar yozilgan plakatlar tayyorladik. 17 dekabr kuni ertalab maydonga çiqdik. Militsiya bilan töqnaşuv keçga yaqin boşlandi. Ular dubinka va sapyorlar belkurgak bilan heç kimni ayamasdan urardi. Köz öngimizda qizlarni urib yiqitişar, biz ularni maydondan olib çiqib yaralarini boğlardik. Men bu işimizning oxiri nima bilan tugaşini taxmin qilib turardim, ammo orqaga yöl yöq edi».

Qurmanğazi Aytmuradov qamoqda. / Foto: mediazona.ca

Q.Aytmurzayevning aytişiça 18 dekabr kuni maydonga qöşimça kuçlar taşlangan. Militsiyaning maxsus qismlari odamlarni ayovsiz urgan va teng bölmagan jangda namoyişçilar yengilgan. Şundan söng, maydondagilarning aksariyatini hibsga olişgan. Söng sud qilib turli yillarga qamaşgan.

«Meni bir oy davomida prokuratura tergovçilari söroq qilişdi. Ular ertalabdan keçgaça turli savollar berişar, meni tilimdan ilintirişga harakat qilişardi. Tergovçining qölida bir dasta turli odamlarning fotosurati turar va u bittadan körsatib taniş, tanimasligimni sörardi. Avvaliga köpçilik aybini tan olmadi. Ammo keyinçalik baribir namoyiş taşkilotçilarini topib olişdi», degan edi Q.Aytmurzayev.

1986 yil 25 dekabr kuni ötkazilgan KPSS Markaziy qömitasining yillik majlisida Olmaotada ötkazilgan xalq namoyişi «Qozoğistonda radikal körinişdagi millatçilikning paydo bölişi», deb baholanadi.

1987 yil KPSS Markaziy qömitasi «Qozoğistonda partiya taşkilotlarida mehnatkaşlarni baynalmilal va vatanparvar etib tarbiyalaş işi töğrisida»gi maxsus qaror qabul qiladi. Qarorda Olmaotadagi norozilik namoyişi «qozoq millatçiligining paydo bölişi» deb baholanadi va respublika mutasaddilariga uni bartaraf etiş böyiça vazifalar yuklatiladi.

Bundan taşqari OAVda qozoqlar radikal millatçilik qilib, mamlakatda xalqlar döstligiga putur yetkazişga uringani, bu işga umuman yöl qöyib bölmasligi, SSSRda barça millat özaro tenglikda, özaro oğa-ini bölib yaşaşda davom etişi haqida köplab maqolalar e’lon qilinadi. Televideniyeda körsatuvlar taşkil etiladi.

Şu tariqa mamlakat böylab Olmaota namoyişining asl sababi «Qozoğistonda qozoq millatçiligining avj olişi» sifatida talqin qilinadi.

Albatta, Kremlda ötirgan rahbarlarning «qozoq millatçiligi» haqidagi xavotirlarida ham jon bor edi. Olmaota namoyişida qatnaşganlar orasida Qozoğistonga kengaytirilgan muxtoriyat berilişini, şuningdek, respublikaga mustaqillik berilişini talab qilib çiqqanlar ham bor edi.

Öşa paytlarda SSSR rahbariyati mustaqillik yoki kengaytirilgan muxtoriyat haqidagi talablarni Boltiqböyi respublikalaridan kutgan bölişi mumkin, ammo qozoqlardan emas. Çunki qozoqlar Çor Rossiyasi Qozoğiston yerlarini egallab olgandan keyin mustamlaka siyosatiga qarşi çiqmay, taqdirga tan berib yaşab kelayotgan edi.

Buning ustiga, 14 ta respublika orasida rus tili keng miqyosda şu respublikada tarqalgan, aksariyat qozoqlar tili va madaniyatidan keçib rus tilida muloqot qilişga ötib ketgan edi.

Oradan 2 yil ötib, ittifoqdoş respublikalarning ayrimlarida mustaqillik harakatlari boşlanganda Olmaota namoyişi haqida gapirila boşlanadi.

Jumladan, 1989 yil bahorida qozoq yozuvçisi va şoiri Muxtor Şaxanov SSSR Xalq deputatlarining navbatdagi s’yezdida Olmaota voqeasi haqida ilk bor oşkora gapiradi. U SSSR rahbariyatiga maxsus komissiya taşkil etib, Olmaota voqealari tafsilotlarini qayta örganiş, hodisa sababli jazolanganlarning hukmlarini bekor qiliş talabini qöyadi. Şundan söng bu talablar boşqalar tomonidan ham yangray boşlaydi.

1989 yil 7 iyun kuni Qozoğiston rahbari Kolbin işdan böşatiladi. Oradan ikki hafta ötib 22 iyun kuni 49 yoşli Nursulton Nazarboyev Qozoğiston Kompartiyasi birinçi kotibi etib tayinlanadi. Şundan söng Olmaota voqealarini taftiş qiliş tezlaşib ketadi.

1989 yilda Qozoğiston SSR Oliy Soveti qoşida Olmaota voqealarini qayta örganiş komissiyasi tuziladi. Muxtor Şaxanov uning raisi etib tayinlanadi.

Muxtor Şaxanov /Foto: nur.kz

Komissiya tomonidan Olmaota voqealariga tegişli barça hukmlar qayta tekşirila boşlanadi. 1989 yil noyabr oyida Qozoğiston SSR Oliy Soveti Şaxanovning Olmaota voqealari böyiça tayyorlagan hisobotini körib çiqadi.

Şundan söng Şaxanov raislik qilayotgan maxsus komissiya Olmaota voqealari qatnaşçilarining şikoyatlarini körib çiqiş böyiça işçi guruhga aylantiriladi.

Qayta tekşiruv boşlanganidan bir yil ötib, 1990 yil may oyida KPSS Markaziy Qömitasi Olmaota voqealari haqida qaror qabul qiladi. Qarorda Markaziy Qömitaning özi tomonidan 1987 yilda qabul qilingan va Olmaota voqealari «qozoq radikal millatçiligining körinişi» deb çiqarilgan qaror bekor qilinadi.

Öşa yili sentabr oyida Qozoğiston Oliy Soveti prezidiumi komissiyasi tomonidan 1986 yil 17–18 dekabr voqealari yuzasidan çiqargan sönggi hal qiluv qarori e’lon qilinadi. Qarorda Olmaota voqealarida qozoq yoşlari millatçilik qilmagani va adolatsizlikka qarşi boş kötargani aytiladi.

Şuningdek, qarorda 1986 yil dekabrda qozoq yoşlarining Kolbinga qarşi namoyişini «respublika taqdiriga befarq bölmagani va öz fuqarolik pozitsiyasini bildirişi» deb baholanadi.

Uşbu qaror bilan parallel ravişda Qozoğiston SSR Oliy sudi ham Olmaota voqealariga tegişli hukmlar yuzasidan qaror qabul qiladi. Qarorda Olmaota namoyişlarida qatnaşgan 322 kişi 1987 yilda nohaq ayblangani aytiladi. Sud namoyişçilarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari bölmagan deb topib ularni javobgarlikdan ozod etadi.

Oradan yana bir yil ötib, 1991 yil 12 dekabrda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaota voqealarida qatnaşgan va turli ayblovlar bilan ayblangan barça fuqarolarni oqlaş va ulardan javobgarlikni olib taşlaş haqidagi farmonga imzo çekadi.

2006 yil 18 sentabr kuni Olmaota şahrida «Dekabr voqealari»ga bağişlangan Ozodlik tongi yodgorlik majmuasi oçiladi. Unda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ham qatnaşadi.

Olmaotadagi «Ozodlik tongi» yodgorligi /Foto: ainews.kz

«1986 yil dekabrda sodir bölgan namoyişlarda qozoq yoşlari mustaqillik uçun maydonga çiqqandi. Vatan ozodligi uçun ötkazilgan namoyişlarni sobiq ittifoq mutasaddilari millatçilik deb baholaşdi. Ammo qozoğistonliklar hammasini körib-bilib turgandi. 1986 yil 17–18 dekabrda Olmaotada sodir bölgan voqealar millatçilik ruhida bölmagan. Buni ötgan 20 yillik tarixda Qozoğistonda köplab millatlar ahil-inoq yaşab kelayotgani körsatib turibdi», – degan edi u yodgorlik majmuasining oçiliş marosimida.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi