Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh fuqarolariga Ukrainaga bormaslik tavsiya qilindi
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z ma’muriyatiga Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy bostirib kirishining oldini olish uchun “4 haftalik” muhlat bergani to‘g‘risida xabar qilingandi.
AQSh davlat departamenti COVID-19 pandemiyasi hamda Rossiya tomonidan tahdidlar o‘sib borayotgani sababli amerikaliklarga Ukrainaga safar qilmaslikni tavsiya etdi.
“Davlat departamenti amerikalik fuqarolarga COVID-19 pandemiyasi hamda Rossiya tomonidan tahdidlar o‘sib borayotgani sababli Ukrainaga safar qilish rejasini ko‘rib chiqishni tavsiya etadi”, – deyiladi davlat departamenti tavsiyasida.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z ma’muriyatiga Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy bostirib kirishining oldini olish uchun “4 haftalik” muhlat bergani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Oxirgi haftalar davomida Ukraina va g‘arb ommaviy axborot vositalarida Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlar urchidi. Xususan, Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib, AQSh razvedkasi Rossiya 2022 yil boshida Ukrainaga bostirib kirishi mumkin, deb hisoblayotganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:33 / 29.04.2026
Oq uy prezident Trampni «qirol» deb atadi
21:02 / 29.04.2026
AQSh grin-karta va fuqarolik arizalari uchun tekshiruvni keskin kuchaytirdi
20:24 / 29.04.2026